Yordam
Yangilangan: 28-okt, 2026
Qanday sotib olinadi: profilda Steam trade-havolangizni kiriting, balansni to‘ldiring va «Sotib olish»ni bosing. Sotuvchi itemni trade-havolangizga yuboradi — almashuvni Steam’da qabul qiling, olingan item skrinshotini yuklang va «Itemni oldim»ni bosing. Item bo‘lmasa, olganingizni tasdiqlamang.
Qanday sotiladi: trade-havolani kiriting, skinni katalogdan toping, tasvirlang va narx belgilang. Sotib olingach, sotuvni tasdiqlang, itemni xaridorning trade-havolasiga yuboring, skrinshot yuklang va «Itemni yubordim»ni bosing.
Pul qachon tushadi: Steam himoya muddatidan keyin xodim skrinshotlarni tekshirib, pulni sotuvchi balansiga o‘tkazadi. Pul yechish — 2FA yoqilgandan keyin Humo va Uzcard kartalariga.
